“MUSIQA” ILMIY-USLUBIY JURNALI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi “O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3178-sonli qarori hamda “O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2006-yil 11-oktyabrdagi 214-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston davlat konservatoriyasi muassisligida musiqa san’ati ta’lim-tarbiyasi bo‘yicha “MUSIQA” ilmiy-uslubiy jurnali tashkil etilgan.
Musiqa san’atiga oid ilmiy-uslubiy, ma’rifiy, adabiy-badiiy maqolalarni chop etishga qaratilgan ushbu jurnalning bir yilda 4 ta soni (har uch oyda bir marta o‘zbek-rus-ingliz tillarida) chop etiladi.
«MUSIQA» ilmiy-uslubiy jurnalini nashr etishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
– ilmiy jamoatchilikni tadqiqotlar haqida xabardor qilish;
– jurnal tematikasida nazarda tutilgan ilmiy sohalardagi mutaxassislarning ilmiy faoliyatini yoritish orqali ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga ko‘maklashish;
– olimlar va mutaxassislarning e’tiborini uning muammolariga jalb qilish.
Jurnal quyidagi vazifalarni hal qilish uchun nashr etiladi:
– asl ilmiy maqolalar va sharhlarni nashr etish;
– ilmiy-tadqiqot ishlarining asosiy natijalarini aks ettirish;
– fanning asosiy yutuqlarini targ‘ib qilish;
– jurnal mavzusi bilan birlashtirilgan ilmiy hamjamiyatni shakllantirish.