Fayl nomida muallif va maqola nomi, shuningdek, fotosurat, rasm va chizmalarning tartib raqami ko‘rsatilishi kerak. Maqola matniga suratlarning hamda nota namunalarining to‘liq ro‘yxati ilova qilinishi kerak.
Maqolaga o‘zbek, rus va ingliz tillarida qisqacha annotatsiya, shuningdek, o‘zbek, rus va ingliz tillarida kalit so‘zlar (beshtadan o‘nta so‘zgacha) ilova qilinishi kerak. Maqolalarda nota namunalari va grafik tasvirlar (rasm, jadval, notalar) bo‘lishi mumkin.
Annotatsiya
Maqolaning maqsadi (…)
Unda (…) tadqiq etiladi
(…) metodika yordamida, muallif (…) tahlil qilgan
(…) asarlar o‘rganilgan
Natijada (…)
Ular hujjatga qo‘shilishi va alohida fayllar sifatida ilova qilinishi kerak. Nota namunalari nota muharririga kiritilgan yuqori sifatli TIFF, JPEG, PNG formatlarida qabul qilinadi. Nota misoliga xavola – aylanma qavslar ichida. Qolgan barcha grafik materiallar (rasm, fotosurat va b.) 1024×768 pikseldan (TIFF, JPEG, PNG) kam bo‘lmagan kattalikda bo‘lishi kerak.