Izohlar va adabiyotlarga havolalar chiziqli bo‘lishi kerak. Adabiyotlarga havolalar “Bibliografik havola” Davlat standarti (O‘zR OAK tasdiqlagan ilmiy nashrlardagi kabi) talablarida berilishi lozim. Havolalar raqami arab sonlarida aks ettiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati maqolanining oxirida berilib, alifbo tartibida joylashtiriladi. Shu jumladan, oxirgi 5 yildagi manbalar ham. Xorijiy manbalar o‘zbek va rus tillaridagi adabiyotlardan keyin keltiriladi. Ro‘yxatda nashriyot nomi va kitobdagi sahifalar, maqolalar uchun esa to‘plam va jurnallardagi sahifalar soni ko‘rsatilishi shart.