Maqolaning nomi aniq va qisqacha bo‘lib, materialning mohiyatini aks ettirishi kerak.
Jo‘natilgan maqolalar tahrirlanmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.
Maqolaning hajmi, shu jumladan, izohlar va adabiyotlar ro‘yxati – 0,5-1 b.t. (10 000 – 30 000 bosma belgilar bo‘sh joylar bilan); katta hajmdagi maqolalar tahririyat hay’ati qaroriga ko‘ra istisno sifatida nashrga qabul qilinishi mumkin. Kitob, nota nashrlari, audio va videoyozuvlar bo‘yicha taqrizlar hajmi 0,25 varaqdan ko‘p bo‘lmasligi lozim (10 000 bosma belgi).
Maqola matni Times New Roman shriftida bilan terilgan bo‘lishi kerak.
Matn A4 o‘lchamidagi oq qog‘ozning bir tomonida bosilgan bo‘lishi kerak. Matnni varaqda joylashishi: (polya:) yuqori qismi – 20 mm; o‘ng tarafi – 15 mm; quyi qismi – 20 mm; chap tarafi – 30 mm.
14 kegelda ilovalar va 12 kegelda snoskalar; qatorlar orasidagi interval 1.0; Abzas – 1.3; betlarnning raqami sahifani yuqori qismining o‘ng tarafida; ikki taraflama tekislanishi shart. Maqolada kursiv va sharhdan foydalanish mumkin.